Veb-sayt yaratish narxlari — 2026
Quyida barcha sayt turlari uchun boshlang'ich narxlar va muddatlar keltirilgan. Aniq narx loyihangiz hajmiga bog'liq — 1 ish kunida bepul hisoblab beramiz.
| Sayt turi | Narxi (so'mdan) | Muddati | Batafsil |
|---|---|---|---|
| Landing sahifa | 3 000 000 | 1-2 hafta | Batafsil → |
| Vizitka sayt | 2 500 000 | 1 hafta | Batafsil → |
| Korporativ sayt | 8 000 000 | 3-5 hafta | Batafsil → |
| Internet do'kon | 15 000 000 | 4-8 hafta | Batafsil → |
| Startap sayti (MVP) | 10 000 000 | 3-6 hafta | Batafsil → |
| Sayt redizayni | 6 000 000 | 2-4 hafta | Batafsil → |
| Maxsus veb-ilova | 20 000 000 | 1-2 oy | Batafsil → |
Narxlarga kiradi: mobilga moslashgan dizayn, SEO-tayyorlik (meta teglar, sitemap, GSC), 1 oy texnik kafolat. Domen va hosting bo'yicha yordam beramiz.
Boshqa xizmatlar narxlari
Aniq narxni bilmoqchimisiz?
Loyihangizni ayting — 1 ish kunida aniq narx, muddat va reja bilan yozma taklif beramiz. Bepul va majburiyatsiz.
Sayt buyurtma berishSayt buyurtma berishNarxlar bo'yicha ko'p so'raladigan savollar
Veb-sayt yaratish narxi nimaga bog'liq?
Uch omilga: sahifalar soni va funksiyalar (katalog, to'lov, kabinet), dizayn talabi (shablon yoki maxsus) va integratsiyalar (CRM, 1C, to'lov tizimlari). Shuning uchun landing 3 mln so'mdan boshlansa, internet do'kon 15 mln so'mdan boshlanadi.
Eng arzon sayt qancha turadi?
Vizitka sayt — 2 500 000 so'mdan, 1 haftada tayyor bo'ladi. Kompaniya haqida ma'lumot, xizmatlar va kontakt formasi kiradi.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Bosqichma-bosqich: avans, dizayn tasdig'idan keyin va yakuniy topshiruvda. Butun summani oldindan to'lamaysiz — har bosqich natijasini ko'rib to'laysiz.
Yashirin to'lovlar bormi?
Yo'q. Shartnomada yozilgan narx — yakuniy narx. Domen va hosting (yiliga ~500 000 so'm atrofida) alohida, lekin bu haqda oldindan aniq aytamiz.
Narxga sayt yuritish kiradimi?
Topshiruvdan keyin 1 oy texnik kafolat bepul. Doimiy yuritish (yangilash, zaxira nusxa, monitoring) alohida oylik paket sifatida taklif qilinadi.
