Biznesingiz uchun Professional SMM xizmatlari
Instagram va Telegram — obunachini mijozga aylantiradigan tizimli yuritish.
Bizning SMM nima bilan farq qiladi?
Layk uchun emas — ariza va sotuv uchun ishlaymiz
Sotuvga bog'langan strategiya
Har bir rubrika va post sotuv voronkasidagi aniq bosqichga xizmat qiladi.
Brendga mos dizayn
Yagona vizual uslub — sahifangiz professional va esda qolarli ko'rinadi.
Target reklama
Aniq auditoriyaga, to'g'ri byudjet bilan — arizalar birinchi haftadan.
IT integratsiya
Arizalar Telegram bot va CRM'ga tushadi — birortasi yo'qolmaydi.
Tezkor javoblar
Izoh va direktga javob tartibi — mijoz kutib qolmaydi.
Natija hisoboti
O'sish, qamrov, ariza va narxi — oylik hisobotda aniq raqamlar.
Nimalar Kiritilgan?
Oylik yuritishga kiradigan ishlar
Tugallangan loyihalar
Mijozlarimiz uchun amalga oshirgan real ishlar bilan tanishing
Narxlar
O'zingizga mos paketni tanlang
Start
- ✓Oyiga — 12 post + stories
- ✓Dizayn va matnlar
- ✓Bazaviy target sozlash
- ✓Oylik hisobot
Biznes
- ✓Oyiga — 20 post + reels
- ✓Target yuritish + optimizatsiya
- ✓Telegram kanal qo'shilgan
- ✓Bot/CRM integratsiya
Premium
- ✓To'liq marketing hamkorligi
- ✓Oylik s'yomka tashkil etish
- ✓Bloger hamkorliklar
- ✓Shaxsiy marketolog
Biznesingizni Keyingi Bosqichga Ko'taring
Sahifangiz sotsin — bepul SMM-audit va strategiya taklifini oling.
Tez-tez So'raladigan Savollar
Reklama byudjeti narxga kiradimi?
Yo'q, reklama byudjeti alohida — u to'g'ridan-to'g'ri Meta/Telegram'ga to'lanadi. Optimal byudjetni strategiyada taklif qilamiz.
Sahifam yangi, noldan boshlaysizlarmi?
Ha — pozitsiyalash, rasmiylashtirish (bio, highlights, vizual) va birinchi kontent to'plamini noldan quramiz.
Shartnoma muddati qancha?
Minimal 3 oy tavsiya qilamiz — SMM'da barqaror natija shu muddatda shakllanadi. Keyin oyma-oy davom etadi.
SMM — obunachi emas, mijoz olib keladigan yuritish
O'zbekistonda Instagram va Telegram — mijoz qaror qabul qiladigan asosiy maydonlar: odamlar brendni avval ijtimoiy tarmoqda ko'radi, keyin ishonadi, keyin sotib oladi. Lekin «chiroyli post» o'z-o'zidan sotmaydi — sotadigan SMM strategiyadan boshlanadi: kim uchun, qaysi mahsulotni, qanday xabar bilan.
Biz SMM'ni marketing kanali sifatida yuritamiz: har oy kontent-reja, sotuvga bog'langan rubrikalar, ariza olib keladigan target reklama va natijani ko'rsatadigan hisobot. Layk emas, ariza va sotuv — asosiy ko'rsatkichimiz shu.
Kontent, dizayn va target — bitta jamoada
Sahifa yuritish uch kasbni talab qiladi: kontent yozadigan marketolog, brendga mos dizayner va byudjetni to'g'ri sarflaydigan targetolog. Bizda uchalasi bitta jamoada ishlaydi — shuning uchun post, vizual va reklama bir strategiya asosida chiqadi.
IT kompaniya sifatida bizda qo'shimcha ustunlik bor: sahifadan kelgan arizalarni Telegram bot va CRM'ga ulaymiz, sayt bilan bog'laymiz — obunachi arizaga, ariza mijozga aylanadigan to'liq zanjir quriladi. Sizga faqat oylik natija hisobotini o'qish qoladi.
SMM xizmati bilan nimalarga ega bo'lasiz
Oylik yuritish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- ✓Strategiya va oylik kontent-reja
- ✓Postlar: matn + dizayn (brendbukka mos)
- ✓Stories va Reels stsenariylari
- ✓Target reklama sozlash va yuritish
- ✓Izoh va direktga javob berish tartibi
- ✓Oylik hisobot: o'sish, ariza, sotuv
SMM kimga kerak?
Quyidagi hollarda SMM asosiy sotuv kanaliga aylanadi:
- ✓B2C mahsulot va xizmatlar (mijoz — oddiy odam)
- ✓Vizual sohalar: go'zallik, oziq-ovqat, kiyim, ta'lim
- ✓Sahifa bor, lekin faol emas yoki natija bermayapti
- ✓Reklama byudjeti bor, lekin professional yuritish yo'q
- ✓Brend tanilishini oshirmoqchi bo'lgan kompaniyalar
