Biz haqimizda
Biznes o'sishi uchun dasturiy ta'minot yaratamiz
Innosoft Systems — Toshkentda joylashgan dasturiy ta'minot kompaniyasi. Veb-saytlar, CRM/ERP tizimlar, mobil ilovalar va AI yechimlarni loyihalaymiz, quramiz va qo'llab-quvvatlaymiz. Biz uchun har bir loyiha — mijoz biznesining o'lchanadigan o'sishi.
200+
Bajarilgan loyiha
5+
Yillik tajriba
10+
Mutaxassis jamoada
9
Soha bo'yicha yechim
Nimaga ishonamiz
Dastur — o'z-o'zidan maqsad emas. Sayt ariza olib kelishi, CRM sotuvni tartibga solishi, tizim xarajatni kamaytirishi kerak. Shuning uchun har loyihani texnologiyadan emas, biznes-natijadan boshlaymiz: nima o'lchanadi, qachan o'zini oqlaydi.
Ikkinchi tamoyilimiz — ochiqlik. Narx va muddat shartnomada, jarayon bosqichma-bosqich ko'rinadi, kod topshirilganda mijozniki bo'ladi. «Keyin aytamiz» degan javob bizda yo'q.
Biz haqimizda
Qanday ishlaymiz
To'rt tamoyil — har loyihada o'zgarmas.
01
Muddat — va'da emas, shartnoma
Har bosqich sanasi yozma belgilanadi. Kechikish bizning hisobimizdan.
02
SEO va tezlik birinchi kundan
Poydevor qurilish paytida qo'yiladi: 90+ PageSpeed, to'g'ri semantika, schema.
03
Kod sifati
Zamonaviy stack (Next.js, Nest.js, React Native), kod-review va hujjatlashtirish — keyin boshqa jamoa ham davom ettira oladi.
04
Topshirgach ham yonma-yon
O'rgatamiz, kuzatamiz, yangilaymiz. Mijozlarimizning aksariyati ikkinchi loyihaga qaytadi.
Biz haqimizda
Yo'limiz
Kichik jamoadan soha yechimlari studiyasigacha.
2021
Boshlanish
Birinchi buyurtma saytlar va Telegram botlar. Kichik jamoa, katta maqsad.
2022
IT Park rezidentligi
O'zbekiston IT Park rezidenti bo'ldik — soliq imtiyozlari mijoz narxiga aylandi.
2023
Tizimlarga o'tish
Birinchi yirik CRM va ERP loyihalari: savdo, ombor, ishlab chiqarish.
2024
Mobil va AI
React Native ilovalar va AI chatbotlar yo'nalishi ochildi.
2025
100+ loyiha
Portfolio yuzdan oshdi; yirik korporativ mijozlar va davlat tenderlari.
2026
Soha yechimlari
9 soha uchun tayyor yechim qoliplari: restoran, klinika, logistika va boshqalar.
Biz haqimizda
Nega bizga ishonishadi
IT Park rezidenti
O'zbekiston IT Park'ining rasmiy rezidenti — bu soliq imtiyozlari va davlat tenderlariga yo'l degani.
Ochiq portfolio
200+ loyihaning 49 tasi saytda skrinshotlari bilan ochiq turibdi — har va'dani ish bilan ko'rsatamiz.
Rasmiy shartnoma
Yuridik shaxs sifatida ishlaymiz: shartnoma, hisob-faktura, akt — buxgalteriyangiz uchun hammasi tartibli.
Uch tilda xizmat
Loyihalar va muloqot — o'zbek, rus va ingliz tillarida.
Keling, tanishamiz
Loyihangizni muhokama qilish uchun bog'laning — bepul konsultatsiyada aniq narx va muddatni aytamiz.