Asosiy kontentga o'tish
Innosoft SystemsInnosoft Systems
Yangilik8-noyabr, 20266 daqiqa o'qish

uMehmon taqdim etildi — O'zbekiston mehmonxonalari uchun bulutli boshqaruv tizimi

Biz uzoq vaqt tayyorlagan mahsulotimizni rasman taqdim etamiz: uMehmon — O'zbekiston mehmonxona, hostel va guest house'lari uchun maxsus yaratilgan bulutli boshqaruv tizimi (Hotel PMS). Resepshn, kassa, davlat tizimlariga hisobot va onlayn kanallar — endi hammasi bitta ekranda. Birinchi 14 kun — barcha imkoniyatlar bilan, bepul va karta talab qilinmasdan.

uMehmon — Hotel PMS, Channel Manager va E-mehmon bitta platformada, Innosoft Systems mahsuloti

uMehmon nima?

uMehmon — mehmondo'stlik biznesi uchun to'liq boshqaruv platformasi. Unda resepshn bronlarni shaxmatkada boshqaradi, kassir so'm va valyutadagi to'lovlarni qayd etadi, mehmonlar E-mehmonda avtomatik ro'yxatga olinadi, Booking.com va Expedia'dan kelgan bronlar esa o'z-o'zidan bo'sh xonaga joylashadi. Rahbar esa telefonidan Occupancy, ADR va RevPAR kabi ko'rsatkichlarni real vaqtda kuzatadi.

Tizim bulutli — hech narsa o'rnatish shart emas: brauzer, telefon yoki planshet yetarli. Interfeys o'zbek va rus tillarida, Google Material Design asosida qurilgan, shuning uchun resepshn xodimi uni bir kunda o'rganib oladi.

uMehmon shaxmatkasi: xonalar, bronlar va bandlik bir ekranda, 14 kunlik ko'rinish
Shaxmatka — qaysi xona qachon bo'sh, kim keladi, kim ketadi: bir qarashda. Bronni sudrab boshqa xonaga o'tkazish mumkin.

Asosiy imkoniyatlar

  • Shaxmatka — barcha xonalar bir ekranda

    7/14/30/60 kunlik ko'rinish, overbooking ogohlantirishi, jonli yangilanish — butun jamoa bir xil holatni ko'radi.

  • Bronlar: kunlik, soatlik, guruh

    Walk-in, guruh bronlari, xona almashtirish, muddat uzaytirish, kech chiqish, no-show — resepshnning barcha jarayonlari qamrab olingan.

  • E-mehmon — avtomatik ro'yxat

    Check-in paytida mehmon E-mehmonda avtomatik ro'yxatga olinadi, check-out'da chiqariladi. IIV bazasidan pasport bo'yicha to'ldirish, xorijliklar uchun viza va KPP maydonlari.

  • Kassa: so'm, valyuta, karta, terminal

    Markaziy bank kurslari bir tugmada, firma blankasida invoys, operatsiyalarni o'chirib bo'lmaydi — faqat sabab ko'rsatib bekor qilinadi.

  • Moliyaviy tahlil — 24 ko'rsatkich

    Occupancy, ADR, RevPAR, GOP, GOPPAR, ALOS va boshqalar — USALI standartiga asoslangan hisobotlar, oldingi davr bilan taqqoslash.

  • Channel manager: Booking.com va Expedia

    OTA'dan kelgan bron avtomatik shaxmatkaga tushadi, sizdagi bandlik kanalga qaytariladi — ikki marta sotish yo'q.

  • Hostel rejimi

    Bitta xonada o'nlab mehmon: har biri alohida bron va alohida E-mehmon ro'yxati bilan. Narx va bandlik yotoq bo'yicha hisoblanadi.

  • Rollar va o'zgarmas faoliyat jurnali

    Superadmin, direktor, menejer, moliya, resepshn — har kim faqat o'z ishini ko'radi. Har bir amal kim va qachon bajargani bilan saqlanadi.

uMehmon integratsiyalari: E-mehmon, Booking.com, Expedia va iCal sinxronizatsiyasi
Davlat tizimlari va OTA kanallar — avtomatik. Agoda, Airbnb va boshqa kanallar ketma-ket qo'shilmoqda.

Kimlar uchun mo'ljallangan?

uMehmon kichik guest house'dan tortib mehmonxonalar tarmog'igacha o'sishga mo'ljallab qurilgan: bitta hisobda bir nechta obyektni boshqarish mumkin. Hostellar uchun alohida rejim, apart-hotellar uchun soatlik (day-use) bronlar, korporativ mijozlar uchun chegirma tizimlari bor.

14 kun

barcha imkoniyatlar bepul, karta talab qilinmaydi

24

moliyaviy ko'rsatkich USALI standartida

1 daqiqa

ro'yxatdan o'tish va boshlash uchun yetarli

Narxlar — so'mda va shaffof

Ko'pchilik xorijiy PMS tizimlari narxni dollar yoki evroda belgilaydi va kurs o'zgarishi bilan xarajat ham o'zgaradi. uMehmon'da hammasi so'mda: Start — 290 000, Pro — 590 000, Business — 990 000 so'm/oy. Hech qanday yashirin to'lov, o'rnatish yoki litsenziya haqi yo'q.

uMehmon tariflari: Start 290 000, Pro 590 000, Business 990 000 so'm oyiga
Barcha tariflarda 14 kunlik bepul sinov. Pro tarifdan boshlab channel manager ham kiradi.
Biz uMehmon'ni «O'zbekiston uchun» emas, «O'zbekistonda» yaratdik: E-mehmon, so'm kassasi, MB kurslari, o'zbek tilidagi qo'llab-quvvatlash — bular keyin qo'shilgan modullar emas, tizimning poydevori.

Qanday boshlash mumkin?

  • 1. Ro'yxatdan o'ting

    umehmon.uz saytida email va parol bilan — 1 daqiqa.

  • 2. Xonalarni qo'shing

    Xona turlari, narx diapazoni — tayyor namunalar bilan.

  • 3. Jamoani taklif qiling

    Resepshn, moliya va menejerlarga rol bering.

  • 4. Kanallarni ulang

    E-mehmon va Booking.com / Expedia — sozlamalardan.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Biznesingiz uchun sayt, mobil ilova yoki ichki tizim kerakmi? Vazifani birga aniqlashtiramiz va taxminiy narx bilan muddatni aytamiz — konsultatsiya bepul.